Bugun Respublika agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov hamda Janubiy Koreyaning EPIS (Education, Promotion and Information Service in Food, Agriculture, Forestry and Fisheries) tashkiloti vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar qishloq xoʻjaligida zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan issiqxonada yetishtirishilgan qulupnayni qayta ishlash masalalarini muhokama qildilar.
Muloqot natijasida ilk amaliy qadam sifatida mahalliy sharoitda yetishtirilgan qulupnay asosida sifat, tabiiylik va ekologik xavfsizlik talablariga javob beradigan murabbo va jem mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Mazkur kelishuv mamlakatimizda yuqori hosildor, qayta ishlangan va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.








