



G’ALLACHILIKDAGI DOLZARB VAZIFALAR
Xabar berib borayotganimizdek respublika miqiyosida g’alla parvarishi va 2026-yil uchun mo’ljallangan boshoqli don ekinlarini ta’minlash borasida tashkil etilgan respublika ishchi guruhi vakillari hududlar bo’ylab seminarlar o’tkazib kelishmoqda.
Respublika ishchi guruhi vakillarining navbatdagi manzili Namangan viloyati bo’ldi. Tashkil qilingan tadbirda Uychi, Uchqo’rg’on, Norin, Chortoq, Yangiqo’rg’on tumanlaridan soha mutaxassislari, tegishli tashkilotlar hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
G’alladan mo’l-hosil olish uchun agrotexnik tadbirlarni muddatida o’tkazish talab etilishi, bu yilgi sharoitda g’alla parvarishida nimalarga ko’proq etibor qaratish kerakligi va bu borada fermer xo’jaliklari hamda dehqonlar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan chora tadbirlar haqida mutaxassislar tomonidan kerakli ma’lumot va tavsiyalar berildi.
Yig’ilish ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

