G‘alla parvarishida dolzarb vaziyat: amaliy seminarlar boshlandi

Kuz mavsumining noodatiy quruq va iliq kelishi boshoqli don ekinlari rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Sentabr–noyabr oylarida yog‘ingarchilikning kamligi sabab ayrim maydonlarda g‘alla umuman unib chiqmadi, boshqalarda esa o‘simliklar 1–2 yoki 3–4 barg fazasida to‘xtab qoldi. Natijada tuplanish sekinlashdi, ildiz rivoji sustlashdi, qishki sovuqqa chidamlilik pasaydi.

Quruqlik oqibatida tuproqning qattiqlashuvi, o‘g‘itlarning yomon o‘zlashishi va maysalarning noraso bo‘lishi kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Mutaxassislar xalqaro tajribaga tayangan holda yengil sug‘orish, ammoniy sulfat bilan oziqlantirish, biostimulyatorlardan foydalanish va namni saqlovchi agrotexnik choralarni ayni paytda eng samarali yechim sifatida tavsiya qilmoqda (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/12731).

Прокрутить вверх