Ish jarayonida korrupsiya holatlariga duch kelsangiz tegishli joylarga xabar bering

Respublika agroxizmatlar markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida markazning yuristkonsulti A. Xasanboyev “Korrupsiya va uning oqibatlari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat xizmatchilarining halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi zarurligi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari, davlat xizmatchilari uchun belgilangan etik me’yorlar hamda korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida xodimlar o‘rtasida muhokamalar o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Прокрутить вверх