


Joriy yilning 16-oktabr kuni Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazida Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov rahbarligida viloyat va tuman mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda 2025-yilning 3-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusi davrda bajarilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
A.Tulanov tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6159-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq faoliyatni tashkil etish;
markaz ustavida nazarda tutilgan vazifalarni chuqur o‘rganish va ularni amaliyotda to‘liq aks ettirish;
har bir tumanda bittadan pilot loyiha tanlab, bu loyiha orqali olib borilayotgan faoliyatni muntazam yoritib borish.
Yig‘ilish yakunida barcha mutaxassislarga topshiriqlar belgilandi hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

