Navoiy viloyati agroxizmatlar markazi hamda Shveysariyaning Caritas (CACH) kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida dastlabki amaliy ishlar boshlandi. Joriy yilning 16-sentabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida ilmiy-amaliy dala seminari tashkil etildi.
Seminarda:
-qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga xizmatlarni kengaytirishdagi institutsional qo‘llab-quvvatlash;
-viloyatdagi ilg‘or ayol fermer xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirish;
-xorijiy va mahalliy soha mutaxassislari ishtiroki orqali tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Seminarning asosiy maqsadi — Zarafshon daryo havzasida iqlimga chidamli suv resurslarini kompleks boshqarish orqali aholining turmush darajasi va farovonligini oshirish.
Tadbir davomida CR-IWRM loyihasi doirasida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanishning zamonaviy yechimlari taqdim etildi.
Jarayon Navoiy MTRK tomonidan «Zamin saxovati» dasturida efirga uzatildi.
