Joriy yilning 30-iyul kuni Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazida Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov rahbarligida viloyat va tuman agroxizmat mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda 2025-yil 1-choragi va yarim yilligi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusi chorakda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6159-sonli Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalar asosida faoliyat yuritish;
markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini har bir mutaxassis chuqur o‘zlashtirishi;
tanlab olingan pilot loyihalarni to‘liq amaliyotga joriy etish, ularning natijalarini muntazam yoritib borish;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;
agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
ijro intizomi va tashkiliy masalalarni kuchaytirish.
Asosiy maqsad — AKIS tizimi orqali ilm-fan va innovatsiyalarni joylardagi dehqon va fermerlarga samarali yetkazish va ularni real natijaga yo‘naltirishdan iborat.





