Bugun Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tajriba maydonlaridagi kuzatuvlar hamda ekologik toza mahsulotlar yetishtirish yo‘nalishidagi ishlanmalar bilan tanishildi.
Tashrif chog‘ida lalmikor sharoitda hosildorlikni oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Ilmiy-amaliy hamkorlikning yanada mustahkamlanishi bu yo‘nalishda muhim bosqich bo‘lishi qayd etildi.






