Ozarbayjon tajribasi: eksportga yo‘naltirilgan agrotexnologiyalar

Samarqand viloyati Urgut tumani Agroхizmatlar markazi bosh mutaxassisi J.Eshonqulov joriy yilning iyul oyida 4 kun davomida Ozarbayjonda malaka oshirdi. U Xachmaz tumanida joylashgan zamonaviy Food City agrokompleksi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur agrokompleks Ozarbayjon Respublikasida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 85 foizini eksportga tayyorlovchi yirik markazlardan biri hisoblanadi.
Bu yerda: laboratoriya,
bojxona xizmati,
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga tayyorlash liniyalari,
adoqlash, saralash va sovutish texnologiyalari mavjud.
Mazkur safar davomida agrokompleksning ishlab chiqarish jarayonlari, eksportga tayyorlash bosqichlari va xalqaro standartlarga muvofiq ishlov berish tajribalari o‘rganildi.

