Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida chorvachilikga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi binosida Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida chorvachilik sohasiga bag‘ishlangan o‘quv-ko‘rgazmali seminar-trening (ToT) tashkil etildi. Unda Germaniyaning iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ekspertlar muloqoti dasturi mutaxassislari, Namangan viloyati Agroxizmatlar markazi tumanlarga biriktirilgan mutaxassislari hamda tumanlardan sohaning mas’ul mutasaddilari va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Seminar davomida chorva hayvonlarini to‘g‘ri oziqlantirish, ozuqa […]
