18-Noyabr — ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROĞI QABUL QILINGAN KUN!

Aziz yurtdoşlar! Hurmatli hamkasblar!

Barçangizni milliy ğururimiz, mustaqilligimiz va xalqimiz birligining yorqin timsoli bölgan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun bilan çin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Davlat bayroğimiz — xalqimizning şonli tarixi, bugungi bunyodkorlik salohiyati, ezgu orzu-intilişlari va yorqin kelajagining ramzidir. Uning moviy, oq va yaşil ranglarida tinçlik, poklik, yangilaniş va hayotbaxşlik kabi uluğ‘ qadriyatlar mujassam.

Muqaddas bayroğimiz xalqaro maydonlarda yurtimiz şaʼnini uluğlab, har bir vatandoşimiz qalbida faxr va iftixor tuyğularini uyğotib kelmoqda.

Respublika Agroxizmatlar markazi uşbu qutluğ‘ sana munosabati bilan barça yurtdoşlarimizga mustahkam soğlik, oilaviy baxt, xonadonlarga fayz-u baraka, yurtimizga tinçlik va osoyiştalik tilaydi.

Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yölida olib borayotgan ezgu işlarimiz bardavom bölsin!

Davlatimiz bayroği hamişa baland hilpirasin!

Прокрутить вверх