KONSTITUSIYANING MAZMUN-MOHIYATI

Yangilangan Konstitusiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yо‘lidagi ulkan qadamdir.

Konstitusiyada О‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qо‘yildi.

Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgildi. Bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini kо‘zlab faoliyat kо‘rsatishiga asos bо‘ladi.

Binobarin, qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal bо‘lishi shart va zarur. Bunga kо‘ra, inson va davlat о‘rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi.

Konstitusiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bо‘yicha normalar belgilandi.

Xususan, Konstitusiyada har kimning uy-joyli bо‘lish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning о‘z boshpanasiga ega bо‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.

Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u kо‘rgan zararlarning о‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlandi.

Aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitusiyada atrof-muhitni muhofaza qilish bо‘yicha kompleks choralar belgilandi.

Shu munosabat bilan, davlat atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bо‘yicha choralarni amalga oshiradi, fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir kо‘rsatilishiga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, degan norma belgilandi. Shaharlarning bosh rejalarini jamoatchilik muhokamasidan majburiy о‘tkazilishi shartligi qayd etildi.

Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati tо‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bо‘lish huquqiga egaligi belgilandi.

Ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, о‘qituvchilar konstitusiyaviy maqomga ega bо‘ladi. Jumladan, fuqarolarning oliy ta’lim muassasalarida davlat granti hisobidan о‘qish huquqi qat’iy belgilab qо‘yildi. Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlang‘ich kasb-hunarga о‘qitilishi ham belgilandi.

Konstitusiyada davlatning о‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan о‘sishi tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilish majburiyati qayd etildi. Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, о‘zini о‘zi boshqarish, tadqiqotlar о‘tkazish va о‘qitish erkinligi huquqi taqdim etildi.

Inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilmoqdi. Xususan, О‘zbekistonda о‘lim jazosi taqiqlandi. О‘lim jazosini taqiqlashni konstitusiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.

Bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi. YA’ni, shaxsning erkinligini cheklash bilan bog‘liq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shart. Ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish va saqlashga yо‘l qо‘ymaslikka qaratilgan. Bu orqali xalqaro e’tirof etilgan «Xabeas korpus» institutini qо‘llanish kо‘lami yanada kengaydi.

Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga о‘ziga qarshi kо‘rsatma bermaslik (xalqaro e’tirof etilgan «Miranda qoidasi»), sukut saqlash huquqi berildi.

Har kimning yozishmalari, telefon orqali sо‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanish huquqiga ega ekanligi belgilandi. Bunday huquqlarning cheklanishiga yoki uy-joyda tintuv о‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yо‘l qо‘yilishi belgilab qо‘yildi.

Yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirish kafolatlandi.

Jumladan,

– davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

– davlat yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi;

– davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;

– davlat yoshlarning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bо‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

– davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bо‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qiladi.

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ommaviy axborot vositalariga oid belgilangan muhim qoidalar:

– davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydi;

– davlat ommaviy axborot vositalarining axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bо‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi;

– ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga tо‘sqinlik qilish

yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bо‘ladi;

– ommaviy axborot vositalari о‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

Прокрутить вверх