Janubiy Koreyaning xalqaro “DICA” tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

Bugun Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov Janubiy Koreyaning xalqaro “DICA” tashkiloti vakillari — Dankook universiteti professori Lee Dong-Jin, DICA ta’lim mutaxassisi hamda Kongun universiteti doktori Song Kideuk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida Milliy markaz huzurida tashkil etilayotgan “Aqlli issiqxona” va “Meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazi” faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, markazning qurilish va kommunikatsiya ishlari, u yerda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan o‘quv dasturlari, zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari yo‘nalishida mutaxassislar malakasini oshirish tizimi, shuningdek, kelgusida olib boriladigan master-klasslar mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar ushbu markaz orqali ilmiy asoslangan, innovatsion yondashuvlarga ega o‘quv jarayonlarini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan issiqxona boshqaruvi tajribasini keng joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.

Прокрутить вверх