Toshkentda “Xitoy–Markaziy Osiyo” agrar forumi: ilm, innovatsiya va hamkorlik diqqat markazida
Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Xitoy–Markaziy Osiyo fan va texnologiyalari: Biologik xavfsizlik hamda qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish” xalqaro forumining ikkinchi qismi mazmunli taqdimotlar bilan davom etdi. Forum doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov so‘zga chiqib, markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, iqlim o‘zgarishi sharoitida […]



