Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida “O‘zbekiston uchun qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyalashuv” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda Respublika agroxizmatlar markazi bo‘lim boshlig‘i S.Ikakulov, Xorazm agroxizmatlar markazi rahbari O.Qutliyev hamda Namangan viloyati agroxizmatlar markazi rahbari O.Karimxo‘jayev faol ishtirok etmoqda.
Seminar davomida Xitoyning ilg‘or agrotexnologiyalari, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish modellari, xalqaro kooperatsiya mexanizmlari va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish borasidagi tajribalari bilan tanishilmoqda. Ushbu o‘quv tashrifi O‘zbekistonning agroxizmatlar tizimini zamonaviylashtirish va xalqaro tajribalarni joriy etishda muhim qadam hisoblanadi.






