Fermerlar yarovizatsiyanining qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi biladi. Kuzgi bug‘doy sovuq ta’sirini olmasa, vegetatsiya to‘liq generativ bosqichga o‘tmaydi. Keling, uning ahamiyatiga yana bir bor to’xtali o’tamiz.
Yarovizatsiyadan so’ng:

- dalada pishish bir maromda kechadi;
— kombayn ishlashi osonlashadi;
— boshoq soni va don to‘lishi yaxshilanadi;
— namlik va issiqlik stressiga “to‘g‘ri vaqt”da kiradi;
— un sifati va donning to‘lishi yaxshiroq bo‘ladi;
— o‘simlik sovuqqa nisbatan chiniqadi;
— qayta shikastlanish xavfi kamayadi.
Agar yaovizatsiya tadbiri o’tkazilmasa:
⏺boshoqlash kechikadi yoki notekis bo‘ladi;
⏺dalaning bir qismi erta, boshqasi kech pishadi, yig‘im-terim cho‘ziladi, yo‘qotishlar ortadi;
⏺donning to‘lishi sust bo’ladi.

