“Rokosan” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov Slovakiya Respublikasining “Rokosan” kompaniyasi vakili Jaroslav Kocak bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligida bioorganik o‘g‘itlarni keng joriy etish, mavjud tajribalar asosida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusida qo‘shma loyihalar ustida ishlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ilmiy va texnologik imkoniyatlarni o‘rganish hamda istiqbolli loyihalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Прокрутить вверх