Yevropa uchun yangitdan kashf qilinayotgan istiqbolli hamkor

11:20 / 17.04.2024
#
#
#
#

Xabaringiz bor, Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro uzum va vino tashkiloti (OIV) yigʻilishida ishtirok etish uchun Italiyada boʻlib turibdi. (https://telegra.ph/Yevropa-uchun-yangitdan-kashf-qilinayotgan-istiqbolli-hamkor-04-13)

     Tabiiyki, har bir shu kabi tadbir agrar mahsulotlarini dunyo bozorlariga taqdim etuvchi mamlakatlar uchun hamkor hamda sherik topish uchun qulay maydon sanaladi.  

     Oʻzbekiston ham bundan istisno emas. Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchilik qilayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasining mazkur tadbirdan niyatlari bisyor.

🇺🇿🇮🇹Dastlabki muloqot ham aynan Italiya Qishloq xoʻjaligi vaziri Franchesko Lollobridjida bilan boʻlib oʻtgani ham bejiz emas. 

     Muloqot davomida, uzumchilik yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan hamkorlikda yurtimizda uzum va vinochilikni rivojlantirish, soha xodimlari malakasini oshirish, taʼlim yoʻnalishidagi mustahkam hamkorlik, oʻzbek vinolarining eksport salohiyatini oshirish kabi bir qator masalalar muhokama markazida boʻldi.

     Muloqotning uzviy davomi sifatida vazir Ibrohim Abdurahmonov Ispaniya Qishloq xoʻjaligi vaziri Luis Planas bilan muloqot olib bordi. Aytish kerak, bugungi kunga qadar Ispaniya bilan aynan qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik aloqalari aytarli darajada boʻlmagan.

 

 

Vazir Ibrohim Abdurahmonovning yigʻilish davomida yurtimizda aynan agrar sohada olib borilayotgan islohotlar hamda davlatimiz rahbarining ayni sohaga qaratayotgan katta eʼtibori va xonadonbay ishlash tizimi haqidagi nutqi ispaniyaliklarning ham oʻzbek bozori, oʻzbek qishloq xoʻjaligi sohasi va sar xil mevalariga boʻlgan qiziqishini orttirgani ham bejiz emas.