JANUBIY KOREYA BILAN HAMKORLIKDA OCHILISHI REJALASHTIRILGAN "AGRAR SOHA XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH MARKAZI" ZAMON TALABLARIGA MOS RAVISHDA QURIB BITKAZILDI

06:40 / 03.05.2024
#
#
#
#
#
#
#
#
#
#
#

2022-yilning 2-noyabr kuni Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi hududida Janubiy Koreya granti asosida "SMART FARM" O'zbekiston Koreya ta'lim markazini qurish uchun tamal toshi (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/1672) qo'yilgan edi. 1 yildan oshiq vaqt ichida mazkur markaz binosi qad rostladi va zamon talablariga mos ravishda jihozlanib, ish boshlash uchun tayyor holatga keltirildi. Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov ushbu binoda amalga oshirilgan ishlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bir nechta o'quv auditoriyalari, yotoqxona, oshxona va coworking xonalarini o'z ichiga olgan o'quv markaz zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlarga ega. Shuningdek, aqlli issiqxonasi ham mavjud.

Ushbu loyiha Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Koreyaning Qishloq xo'jaligi, oziq ovqat va qishloq ishlari vazirligi orasida imzolangan hamkorlik memorandiumiga binoan tashkil etildi. Mazkur loyiha qiymati qariyb 4 millon AQSh dollarni tashkil etadi. Bu yerda fermer, dehqon xo'jaligi egalari, talaba va ilmiy xodimlar o'z malakasini oshirish imkoniyati yaratiladi. 

Bu markazining Respublikamizda  5 ta hududiy tajriba issiqxonalari ham tashkil etilmoqda hamda koreyalik mutaxassislar tomonidan dasturiy taʼminotlar bilan ishlash boʼyicha IT-mutaxassislar ham tayyorlanadi.