Tojikistonda O‘zbekistonlik agrar soha olimlari ishtirokida seminar

11:42 / 17.04.2024
#
#
#

    Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan Tojikiston Respublikasining  So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahrida joylashgan O'zbekiston Agroxizmatlar markazining Xo‘jand AKIS filialida tojik mutaxassislari va fermerlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar bo'lib o'rmoqda.

    Unda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarning olimlari qishloq xo‘jaligining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o'z taqdimotlarini qilishmoqda va innovatsiyalarni amalyotga tatbiq etish borasida atroflicha ma'lumot bermoqda. Xususan paxta, g'alla, sabzavotchilik sohalarida va o'simliklarni himoya qilish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda ularning natijalari yig'ilganlarga birdek qiziqish uyg'otmoqda. 

    Eslatib o'tamiz ushbu o'quv seminarlar 15-aprel sanasidan boshlangan bo'lib, 19-aprelga qadar davom etadi.