O‘zbekiston va Vetnam: samarali hamkorlik istiqbollari belgilandi

05:39 / 28.03.2024
#
#
#
#
#

     Avval xabar berganimizdek, Vetnam poytaxti Xanoy shahrida O'ZBEKISTON-VETNAM ISHBILARMON DOIRALARI UCHRASHUVI forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

    Forum doirasida savdo iqtisodiy, logistika, ishlab chiqarish  bilan bog‘liq ikki tomonlama hamkorlikning amaliy jihatlari  muhokama etildi. Unda ikki davlat hukumat a’zolari, ishbilarmon doira vakillari va tadbirkorlar ishtirokida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

   Muhokamalar natijasiga ko‘ra manfaatdor tomonlar o‘rtasida istiqbolli rejalar va kelishuvlarga erishildi.