#Foto_fakt

11:36 / 17.04.2024
#
#

     Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Buloqboshi” MFY hududida 22 ta aholi tomorqasida kichik grant loyihalar doirasida “xonadonbay” ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazilayotgani haqida rasmiy sahifalarimizga oldin joylagan xabarlarimizda ma’lumotlar bergan edik.

     Aholi tomorqalariga birinchi ekin sifatida kartoshkaning institut olimlari tomonidan yaratilgan “O‘zbekiston qizili” va “Toshkent ertakisi” navlari ekilgan. Hozirda ekilgan kartoshka urug‘lari bir tekis unib chiqib, baravj rivojlanmoqda.
Yuqoridagi suratni loyiha ishtirokchisi Muhamadali Jakbarov bugun erta tongda bizga jo‘natdi. 

     Bizni kuzatib boring. Olimlarimiz o‘tkazayotgan “xonadonbay” ilmiy loyihalarning keyingi bosqichlari haqida ham ma’lumotlar berib boramiz.