Ilmiy-tadqiqot institutlari agrar tarmoqda o‘zining o‘rni va ishtirokiga ega bo‘lishi zarur

11:34 / 17.04.2024
#
#
#
#
#
#

    Taraqqiyot odimlariga boqib, bularning barchasini inson qilgani va uning tafakkuri hali bundan-da aqlni shoshiruvchi ixtirolar kashf qila olishiga ishonasan kishi. Dunyo mamlakatlari buni ilmiy hamjamiyatning soha va tarmoqlardagi ishtiroki bilan izohlaydi. Bizda ham shunday bo‘lishi joiz. (https://telegra.ph/Ilmiy-tadqiqot-institutlari-agrar-tarmoqda-ozining-orni-va-ishtirokiga-ega-bolishi-zarur-04-16)

    Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini tubdan isloh qilish masalalariga qaratilgan yig‘ilish ayni fikrlardan boshlandi.

    Yig‘ilishda, ilmiy-taqdiqot institutlarining bugun erishayotgan yutuqlariga mahliyo bo‘lib qolmasdan, yangi marralarni ko‘zlashi lozimligi, jumladan, kadrlar malakasini oshirish, bunda ta’lim muassasalari o‘rtasida integratsiyalashuvni yo‘lga qo‘yish, transformatsiyani amalga oshirish, zamon talabiga mos yo‘nalishlarni olib kirish zarurligi qayd etildi.

    Asosiy maqsad esa, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining barqarorligi va mahsuldorligini oshirish uchun sohadagi ilmiy-tadqiqotlar milliy dasturiga muvofiq holda ilmiy-tadqiqot institutlarining natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv salohiyatini oshirishdir.

    Zero, har qanday innovatsion startap, urug‘chilikda kashfiyot, yangi duragay navlar yaratishdan tortib, organik mahsulot yetishtirish uchun g‘oyalar bo‘lishi shart.