"ICLEI – Local Governments for Sustainability" tashkilotining Osiyo qit'asidagi mintaqaviy vakili Shu Zhu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

11:24 / 17.04.2024
#
#
#
#
#
#
#

     Bugun, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov  "ICLEI – Local Governments for Sustainability" tashkilotining Osiyo qit'asidagi mintaqaviy vakili Shu Zhu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

     Mazkur assotsatsiya texnika va texnologiyaning eng zamonaviy bilim va innovatsiyalarni hududlarga joriy etish borasida ish olib boradi. Masalan, Xitoyning Tsun-Jin hududida paxta transplant usulda ya'ni ko'chat holatida ekilib, hosili to'liq texnika yordamida yig'ib olinadi. Jarayonlar avtomatlashgani sabab resurs tejaladi va daromad yuqori bo'ladi. Delegatsiya a'zolari shu kabi misollar bilan o'z faoliyati haqida batafsil axborot berishdi. 

     Shundan so'ng Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov O'zbekistondagi  AKIS tizimi va agrar soha ilmiy-tadqiqot muassasalar yo'nalishlari haqida gapirib,  qishloq xo'jaligiga yangi texnikalarni joriy etish borasida hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Ikki tashkilot o'rtasida anglashuv memorandiumi imzolandi.