ALMASHLAB EKISH TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRADI

09:52 / 27.03.2024
#
#
#
#
#
#

Bugun Milliy markazda "Olimlar muhokamasi" bo'lib o'tdi. Olimlar muloqotida bu safargi mavzu ancha dolzarb va muhim masalaga qaratildi.  Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor Bahodir Xoliqov "Almashlab ekish tizimida yangi turdagi ekinlarni parvarishlash orqali tuproq unimdorligini oshirish hamda g'o'zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari" mavzusida taqdimot qildi. Dastlab olim tuproqning ball-banometrni mamlakatimiz hududlari kesimida 1980-yil va 2022-yil holatiga ko'ra qiyosiy tahlil qilib, tuproqdagi unumdorlikni oshirish borasida olib borayotgan tadqiqotlari xususida axborot berdi.  Ma'ruzachi  o'z taqdimotida krotalariya, indigofera va fatseliya kabi noan'anaviy ekinlarni ekish orqali tuproq unumdorligini oshirish mumkinligi ta'kidladi. Xususan, krotalariya tuproqdagi nematodalarni yo'qotib va o'zidan bilogik azot qoldirishini ma'lum qildi. Muloqot so'ngida tuproqda hosildorlikni oshirish uchun faqat kimyoviy ishlov berish emas, biologik usullardan foydalanish nihoyatda zarur ekanligi ta'kidlandi.