Yoshlarning ilmdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash taraqqiyotga xizmat qiladi

10:21 / 05.04.2024
#
#
#
#

     Biz odatda islohot to‘g‘risida ko‘p gapiramiz. Ammo uning mohiyatini hamma ham tushunavermaydi. Nari borsa “islohot – bu yangilik yaratish” deya izohlab qo‘yamiz. Aslida, islohot – insonlar ongidagi o‘zgarishdir. Agar ongimizda o‘zgarish bo‘lmasa bizni insonlarga foydasi tegadigan yangiliklar qilishga hech kim unday olmaydi.
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovning tashabbusi bilan yil boshidan tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlaridagi tolibi ilmlar uchun “Doktorantlar kuni”ning tashkil qilingani ayni maqsadni ifoda qiladi. Chunki ilm bilan taraqqiyot doim yonma-yon odimlashi zarur. Aks holda fanda turg‘unlik yuzaga keladi.

    -Shuning uchun biz ilm bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratishga harakat qilyapmiz. Yoshlarning ilmdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotga naf keltiradigan ilmiy ishlanmalarni ko‘paytirish imkonini beradi. Qolaversa, yosh olimlar safini kengaytirishimiz zarur.