Yer osti tomchilatib sug‘orish usuli O‘zbekiston agrobiznesini tubdan o‘zgartirishi mumkin

10:34 / 27.09.2023
#

✅Avvalo, yer osti yoki yer osti tomchilatib sug‘orish (YeTS) nima ekanligiga aniqlik kiritib olaylik.
 
✅Bu sug‘orish va fertigatsiya texnologiyasi bo‘lib, unda tuproq ostiga maxsus tomchilatuvchi trubka qo‘yiladi va mazkur trubka u yerda kamida 10-15 yilgacha qoladi.

✅Bu o‘simlikning ildiz qismida havo ildizlarga kirishiga to‘sqinlik qilmasdan doimiy optimal tuproq namligini saqlaydigan sug‘orish usulidir. Impulsli tomchilatib sug‘orish qisqa vaqt davomida qo‘llanadi va tuproq namligi sensorlari hamda meteostansiyalar bilan birga eng yaxshi natijalarni ko‘rsatadi. 

✅Shunday texnologiyalardan biri Isroilning “Agrinoze” kompaniyasining texnologiyasi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qorqalpog‘iston Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tajriba maydoniga joriy yilning iyul oyida o‘rnatildi.