Yangi urug‘lik don tayyorlash sehi ish boshladi

05:36 / 10.08.2023
#
#
#
#
#
#

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida boshoqli va dukkakli don, moyli va boshqa 12 turdagi ekinlarni boshlang‘ich hamda yuqori avlodli urug‘liklarini sifatini jahon andozalari darajasida konditsion holga keltiradigan yangi zamonaviy resurstejamkor, yuqori texnologik urug‘lik sehi ish faoliyatini boshladi.

Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “SLY-5” rusumli zamonaviy uskuna donni saralash, dorilash va qadoqlash jarayonlari bir vaqtda amalga oshirilyapti. Bu esa ishchi xodimlarning mexnat samaradorligi oshirmoqda. Ayni kunda yangi zamonaviy urug‘lik sehida kuniga 25-30 tonna miqdorida kuzgi bug‘doyning sifatli boshlang‘ich yuqori avlodli urug‘liklari tayyorlanmoqda.