Xitoylik olimlardan iborat delegatsiya Milliy markazda

10:22 / 05.04.2024
#
#
#
#
#
#

Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Milliy va xalqaro ilm-fan tashkilotlari alyansi (ANSO) boshqaruv direktori professor Jinghua Cao hamda Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi professori akademik George Fu Gao  bilan uchrashdi.

✅Dastlab Qishloq xo'jaligi vazirligida bo'lgan delegatsiya a'zolari  (https://t.me/uzagroministry/20256) ikki mamkalat o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi.

     Muloqot davomida agrar soha va ta’lim yo‘nalishida hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarning samaradorligi, kelgusida aynan agrar sohada yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Dunyo miqyosida jamiyat hayotining barcha sohalarida yutuqlarga erishish va sohalarni rivojlantirishda aynan ilm-fan va sun’iy intellektning o‘rni haqida fikrlar o‘rtaga tashlanar ekan, bu borada ikki davlat olimlari hamkorlikda ulkan marralarni zabt etishi mumkinligi aytib o‘tildi. 

    Sholichilik, paxtachilik va meva-sabzavotchilik yo'nalishlarida hamkorlikni yo'lga qo'yish ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lishi haqida so'z bordi. Milliy markaz rahbari Shuhrat Otajonov ekin turlarining gibridlarini yaratish, karantin, o'simliklar himoyasi, immunologiyasi va virusologiyasi borasida olimlarimiz hamkorlikka doim tayyor ekanligi ta'kidladi. 

    Uchrashuv yakunida delegatsiya a'zolari Milliy markaz huzurida yaqinda ish boshlagan "ATYAB-FOOD TECH" laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.