"WINALL-HI-TECH SEED CO.LTD" kompaniyasi delegatsiyasi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'ldi.

04:09 / 29.03.2024
#
#
#
#
#
#
#
#
#
#

     Qashqadaryo viloyatida amaliy tashrif bilan kelgan Xitoyning Anxoy provinsiyasi Xefey shahridagi "WINALL-HI-TECH SEED CO.LTD" kompaniyasi delegatsiyasi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'ldi.

Delegatsiya a'zolari dastlab, institut ilmiy faoliyati bilan tanishib, laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy tajribalarga qiziqish bildirdi. 

     Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, mazkur kompaniya agrar sohaga ixtisoslashgan bo'lib, urug'chilik yo'nalishida Xitoyda ikkinchi o'rin egallaydi.
 
     Tashrif so'ngida, delegatsiyasi a'zolari bilan o'zaro  hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida muzokara olib borildi, istiqbolli rejalar bo'yicha fikr almashildi. 
Agrar sohada erishilgan yutuqlar borasida tajriba almashish, zamonaviy loyihalar ustida birgalikda ishlash kabi bir qator masalalar bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.