"UZUM SAYLI” VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALIDA

10:29 / 27.09.2023
#

✅ B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida jami 35 mln AQSH dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.
 ✅ Ushbu festivalda  95 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashdi.
✅ Tadbirda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan, shuningdek faol ishtirok etgan qatnashchilarga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar berildi.
✅ Xususan, Toshkent viloyatining shahar va tumanlari o‘rtasida “Eng namunali pavilyon” nominatsiyasida 1-o‘rinni Yuqori Chirchiq tumani egalladi.
✅ Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktori, professor Alisher To‘rayev  konferensiyadagi "Eng yaxshi ilmiy chiqish" nominatsiyasi bo‘yicha 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
✅ Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi professor Alisher To‘rayevni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi.