Tojikiston qishloq xo‘jaligi xodimlari Agroxizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdilar

11:15 / 28.02.2024
#
#
#
#
#
#
#
#

Shu kunlarda Birlashgan millatlar tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning  Tojikistondagi vakolatxonasi tomonidan Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi hududiy tashkilotlar va ilmiy muassasalarning mas’ul xodimlari, FAOning ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi rahbariyati va xodimlaridan iborat delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a’zolari asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida O‘zbekiston tajribasini o‘rganishdan iborat. Xususan, delegatsiya tomonidan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, tuproq unumdorligini oshirish va degradatsiyaga qarshi kurashish, urug‘chilik, mahsulotlarni saqlash, logistika markazlari va zamonaviy issiqxonalarni yuritish kabi masalalariga katta qiziqish bildirilmoqda.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy bilimlar va innovatsiyalarni tatbiq qilish tojikistonlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Bu boradagi tajribalarni bo‘lishish maqsadida yaqindagina Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyatida O‘zbekiston Agroxizmatlar markazining filiali tashkil qilinib, zarur vositalar bilan ta’minlangan edi.
Delegatsiya a’zolari tashrif doirasida bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati bilan bugungi uchrashuvida tizim to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
Milliy markaz direktori Sh. Otajonov delegatsiya a’zolarini tashrif bilan qutlab, agrar soha ilm-fanini rivojlantirish borasida ikki davlat yaqindan hamkorlik qilishi mintaqada sohani yuqori darajaga olib chiqishi haqida ta’kidlab, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi bilan yaqindan tanishish uchun Agroxizmatlar ko‘rsatish markaziga kichik sayohat uyushtirishni taklif qildi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Agroxizmatlar markazida fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar hamda xorijiy hamkorlar oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.