Tashabbuskorlik yetishmagan joyda vazifalar bajarilmaydi

13:42 / 19.02.2024
#
#
#
#

    Milliy markazda bugun haftalik ustuvor masalalarni rejalashtirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda o‘tdi. Yig‘ilishga raislik qilgan Milliy markaz direktori Sh. Otajonov xodimlarda tashabbuskorlik yetishmasligi, rahbariyati yangilangan ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatida ham ijobiy o‘zgarishlar sezilmayotganligini ta’kidladi. 

    O‘zibo‘larchilik kayfiyati bilan ishlayotgan xodimda salohiyat yetishmaydi. Agar u taqdir taqazosi bilan boshqa tashkilotga ishga borganda ham o‘ziga yuklatilgan vazifaning yukini ko‘tara olmaydi. Biz ham bunday xodimlar bilan ko‘zlagan rejalarimizni amalga oshira olmaymiz. Shu bois, Milliy markaz va ilmiy-tadqiqot institutlarining barcha rahbar hamda xodimlari xulosa qilishlari zarur – dedi Sh. Otajonov.

    Yig‘ilish yakunida barcha ilmiy muassasalarda yakuniga yetgan loyihalarni tijoratlashtirish yuzasidan tegishli bo‘limlarga ko‘rsatmalar berildi.