Statistik raqamlar vijdon hisobotiga uyg‘un bo‘lishi lozim

12:32 / 01.02.2024
#
#
#
#

     O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. (https://www.agro.uz/statistik-raqamlar-vijdon-hisobotiga-uyg-un-bo-lishi-lozim/)

  Unda, vazirlik mutasaddi rahbarlari, viloyatning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi rahbarlari, sohaga aloqador rahbarlar, vazirlikning tizim tashkilotlari viloyat hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

  Sirdaryo tumani hokimligi binosida viloyatning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilda yilga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalarni statistik taqdimoti bilan boshlangan yig‘ilishda vazir Ibrohim Abdurahmonov eng avvalo bu kabi raqamlar hisobotni vijdonan yondashilgan holdagi aks ettirilgan bo‘lishi lozimligi qayd etdi.

  Bunda eng asosiysi har bir rahbar bugun viloyat mahsulot ishlab chiqarish bilan birgalikda xorijga nima eksport qila oladi, qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, har bir qarich yerda unumli foydalanilyaptimi, yoshlarga qanday sharoitlar yaratilmoqda, ularga qulay sharoit yaratib berilyaptimi kabi savollarga javob bera olishi va ishga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi qayd etildi.