Sholidan bir yilda ikki marta hosil olish texnologiyasi ommalashadi

10:26 / 05.04.2024
#
#
#
#
#
#
#

Ayni daqiqalarda Andijon viloyatining Andijon tumanida sholini ko‘chat usulida mexanizatsiya yordamida ekishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tyapti. 

     Seminar Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi “KOPIA” markazi tomonidan tashkil etilgan. 

     Ushbu seminarda xonadonlarda sholi ko‘chatlarini tayyorlab, o‘suv davrini 60 kunga tezlashtiruvchi, resurslarni 30-50% gacha tejovchi, 1 yilda 2 marta (110-120 s/ga) hosil yetishtirish usullari haqida so‘z bormoqda.
Seminarda Farg‘ona vodiysidagi sholikor fermerlar ishtirok etmoqda.