Seshanba — Milliy markazda doktorantlar kuni

09:24 / 23.01.2024
#
#

An’anaga ko‘ra, bugun ham Milliy markazda doktorantlar jam bo‘ldi.
Ayni daqiqalarda Markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining doktorantlari ishtirokida  “Sholi va dukkakli ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar-trening boshlandi.
Tadbirni Milliy markazning Ilmiy-tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va doktorantura bo‘limi boshlig‘i Shahnoza Ergasheva kirish so‘zi bilan ochdi.
Seminar-treningda institut doktorantlari o‘zlari olib borayotgan ilmiy-tadqiqotlarning dastlabki natijalari xususida ma’lumot beradi.
Seminar- trening qiziqarli bo‘ladi. 
Bizni kuzatib boring