Sabzavotchilikni rivojlantirishda O‘zbek va Yapon olimlari hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

11:11 / 13.11.2023
#
#
#
#

Sabzavotchilikni rivojlantirishda O‘zbek va Yapon olimlari hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Joriy yilning 13 noyabr kuni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy muassasa rahbari professor R. Nizomov va Yaponiyaning Qishloq xo‘jaligi milliy ilmiy markazi (NARO) O‘simliklar genetik resurslari Genbanki direktori o‘rinbosari doktor Komoto Natuo va katta ilmiy xodim Ariga Xirotaka o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Mehmonlar ilmiy muassasadagi laboratoriyalarda yaratilgan sharoit va ilmiy faoliyat bilan yaqinldan tanishdilar.
Uchrashuv davomida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti va Yaponiyaning NARO tashkiloti O‘simliklar genetik resurslari Genbanki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda o‘simliklar genetik resurslarini ekspeditsiyalar asosida yig‘ib olish, saqlash va selektsiya uchun kompleks baholash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi va hamkorlik qilishga kelishib olindi.   
Ma'lumot uchun,  Yaponiyaning NARO tashkiloti O‘simliklar genetik resurslari Genbanki Dunyoning top 10 ta eng yirik genbanlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, 230 mingdan ziyod  o‘simliklar nav namunalari saqlanadi.