Sabzavotchilik yo‘nalishida halqaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda

15:18 / 13.02.2024
#
#
#
#
#

Sabzavotchilik yo‘nalishida halqaro hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda

   Italiyaning Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) ekspertlari hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi vakillari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar. 
  Mehmonlar institutning ilmiy faoliyati, laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
  Shuningdek, ularga EU-AGRIN tomonidan moliyalashtirilayotgan 2 ta innovasion guruh tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot natijalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.