Sabzavot-poliz ekinlari hosildorligini oshirishda urug‘larga ishlov berishning o‘ziga xos ahamiyati bor, albatta.

15:13 / 13.02.2024
#
#
#

   Sabzavot-poliz ekinlari hosildorligini
oshirishda urug‘larga ishlov berishning o‘ziga xos ahamiyati bor, albatta. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti Munisa Ahmedovaning ilmiy- tadqiqoti ayni shu mavzuda ekan. U o‘zining taqdimotida olib borilgan ilmiy ishning dastlabki natijalarini ekspertlarga havola qildi. Aytish kerakki, taqdimotlar judayam qiziq va bahs-munozara ruhida o‘tyapti. 

   Ushbu taqdimot yuzasidan Milliy markaz bo‘lim boshlig‘i, professor Ikrom Qoraboyev doktorantga bir necha savollar berdi. Ochig‘ini aytish kerak. Doktorant tomonidan  berilgan javoblar qoniqarli bo‘lmadi. Taqdimotlar yakunida ekspertlar  ilmiy ishlar mavzusini avvalo to‘g‘ri tanlash va tadqiqotlarni puxta o‘tkazib, natijasi iqtisodiyot va jamiyat uchun foydali bo‘lishini ta'minlash kerakligini  ta’kidladilar.