Qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekiston – Koreya hamkorligi kengaymoqda

12:27 / 15.02.2024
#
#
#
#
#
#
#

    Bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi KOPIA markazi direktori Oh Sung Jong o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

    Janob Oh Sung Jong agrar sohani rivojalantirishda yaqindan hamkorlik qilinayotgani, tashkiliy masalalarda tezkorlik bilan ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Milliy rahbariyatiga o‘z tashakkurini bildirdi. Joriy yildan O‘zbekistonda sholichilikni yangi texnologiyalar asosida rivojlantirish uchun  3 million 700 ming dollarlik besh yilga mo‘ljallangan grant loyihalarini amalga oshirish boshlanishini ma’lum qildi.
    Chorvachilikni ilmiy asosda rivojlantirish borasida esa hamkorlikni kengaytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Muloqot yakunida Sh. Otajonov ilmiy muassasalarida yetarli ilmiy salohiyat va imkoniyat mavjudligini, hamkorlik ijobiy samara berishini ta’kidlab, beg'araz hamkorlik uchun tashakkur bildirdi.