"Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni"

07:35 / 11.10.2023
#
#
#
#
#
#
#
#

Xabar berib borayotganimizdek,  15 oktyabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan poytaxtimizdagi "Interneyshnl xotel Tashkent" mehmonxonasida "Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni" mavzuida xalqaro forum  bo‘lib o‘tyapti. Ushbu forumda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan olima ayollar ham ishtirok etmoqda. Forumda ilmiy muassasalarda so‘nggi yillarda yaratilgan ilmiy ishlanmalar va resurstejamkor yangi kavlar ham ishtirokchilar e’tiboriga namoyish qilinmoqda. Ilmiy ishlanmalar ishtirkchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.