O‘zbekistonda ilk bor ilmiy-tadqiqotlarni aholi tomorqalarida “xonadonbay” usulda o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi

10:25 / 05.04.2024
#
#
#
#

    Bu yil ilk bor Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tashabbusi bilan tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yurtimizning barcha hududlarida aholi tomorqalarida "xonadonbay" tamoyili asosida ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tadqiqotlar uchun kichik grantlar ajratilgan. E’tiborlisi, tadqiqot o‘tkazilayotgan tomorqa egasi ham loyiha ishtirokchisi sanaladi.

    Maqsad, ilm-fan yutuqlarini nafaqat katta ekin maydonlari, balki aholi tomorqalariga ham tatbiq etishdir.
Biz bugun Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani “Buloqboshi” mahallasidagi amalga oshirilayotgan “xonadonbay” loyihalar bilan yaqindan tanishdik.

    Ushbu mahallada loyiha uchun 22 ta xonadon tanlab olingan. Ushbu xonadonlardagi tomorqalarda bir yilda 3 marta hosil yetishtirish ustida ish olib borilmoqda. Hozir kunda tomorqa maydonlarida ilmiy muassada yaratilgan mahalliy kartoshka navlari ekilgan. Keyingi blsqichda bodring va kuzgi rezavor ekinlar ekish rejalashtirilgan.

    Aholi o‘z tomorqasida olimlar bilan hamkorlik qilayotganidan mamnun. Loyiha rahbarining ta’kidlashicha, “xonadonbay” tamoyili asosida boshlangan loyihaga mahalla aholisi katta qiziqish bildirmoqda. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi aholining ilmga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir.