O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi

13:51 / 23.01.2024
#

  Bugun, Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida bo'lib o‘tayotgan "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi"da  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti prorektori professor Wu Pute hamda Sinszyan universiteti rektori Syao Fu va bir qator qishloq xo‘jaligi universiteti rahbarlari ishtirok etmoqda.

 Hozirda, Toshkent davlat agrar universiteti Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti hamda Sinszyan universiteti bilan  bir qator hamkorlik loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

 Yaqinda Sinszyan universitetining 20 nafar o‘qituvchi va talabalaridan iborat guruh Toshkent davlat  agrar universitetiga amaliyot o‘tash uchun kelgani ham O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi ko‘p yillik manfaatli hamkorlikning yana bir ko‘rinishidir.

 Aytish kerakki, Xitoy O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu ham aynan Xitoylik hamkorlarning O‘zbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi.