Navbatdagi taqdimot Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Ohunjon Jo'rayevning

04:27 / 07.02.2024
#
#
#

    "Zararlangan tuproqlar sharoitida yetishtirilgan mevali daraxtlarning novda, barg va mevalarida toksikantlar to'planishini ilmiy asoslash" mavzusidagi tadqiqotida  tuproqning og'ir metallar bilan zararlangan holatida daraxtlarning o'sishi va vegitatsiyasi  haqida ma'lumot berdi.

    Doktorant Fahriddin Bo'ronov esa "Bananni o'simligining agrobiologik xususiyatlari va mikroklonal ko'paytirish texnologiyasini ishlab chiqish" mavzusida olib borayotgan ilmiy tadqiqoti davomida in-vitro sharoitida bananning G-9, Karlik va Trapikaniya navlarini yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari xususida aytib o'tdi.

    Ta'kidlash lozim, bugungi "Doktorantlar kuni" qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi. Tadqiqotchilar ishlarini yana-da mukammallashtirish borasida ekspertlarning foydali taklif va zarur tavsiyalariga ega bo'ldilar.