Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish

12:58 / 03.10.2023
#
#
#
#
#
#
#
#
#
#
#

Bugun Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.  Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri A. Voitov kirish so‘zi bilan ochib, viloyatda ushbu yo‘nalishda erishilayotgan ijobiy natijalarni targ‘ib qilish va boshqa hududlarda ham tatbiq qilish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari Paxtakor tumanidagi "Silver LayF" agrokalsterida kungaboqar yetishtirish tajribasi bilan tanishdilar. Ushbu agroklasterda takroriy ekin sifatida kungaboqar yetishtirilib, gektariga o‘rtacha 35 syentnergacha hosil olinmoqda.
Seminar ishtirokchilari viloyatda ushbu yo‘nalishda yuqori tajriba to‘plagan boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.
Soha olimlari esa moyli ekinlarning qurg‘oqchilikka chidamli, resurs tejamkor yangi navlarini yaratish borasida olib borilayotgan ilmiy yo‘nalishdagi ishlar natijalari to‘g‘risida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berdi.