Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Xitoy Xalq Respublikasining Guansi provinsiyasi hokimiyati vakili va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

13:19 / 07.02.2024
#
#
#
#

   Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Xitoy Xalq Respublikasining Guansi provinsiyasi hokimiyati vakili va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. O'zbekiston-Xitoy savdo aloqalarini yaxshilanishi mamlakatimizdan qishloq xo'jaligi mahsulotlari exsportini ham sezilarli darajaga oshirdi. 

   Xususan O'zbekistonning olxo'risi Xitoyda sevib iste'mol qilinishini mehmonlar ta'kidladi. Xitoylik tadbirkorlar olxo'ri eksportini yo'lga qo'yish hamda O'zbekiston bilan meva-sabzavotchilik yo'nalishida hamkorlik qilish taklifi  bilan keldi. Shuningdek, paxta urug'chilik yo'nalishida ham aloqalarni yo'lga qo'yish fikri ilgari surildi. 

   Uchrashuv so‘nggida Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov tashkilot ilmiy yo‘nalishda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.