Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Samarqand viloyatida

05:04 / 13.04.2024
#
#
#
#

     Shuhrat Otajonov bugun Samarqand viloyati Agroxizmatlar markazida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi. Bino qurilishi, dizayni va yaratilishi lozim bo'lgan zarur shart-sharoitlar haqida ko'rsatma hamda topshiriqlar berib o'tdi. 

     Shundan so'ng, Milliy markaz va Janubiy Koreya davlatining “Agro Solution Korea” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan “Smart issiqxona” faoliyati bilan ham tanishdi

     Mazkur issiqxona viloyatning Oqdaryo tumanida 18 sotix maydonda qurilgan bo'lib, barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan. Dastlab bu yerda ikki xil usulda qulupnay yetishtirilishi ko‘zda tutilgan.