Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Janubiy Koreya Respublikasining urug'chilikka ixtisoslashgan xususiy "GSBIO" kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qilgan edi.

14:59 / 14.02.2024
#
#
#
#
#
#

    Joriy yilning 25-yanvar kuni  (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/4698) Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov  Janubiy Koreya Respublikasining  urug'chilikka ixtisoslashgan xususiy  "GSBIO" kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani  qabul qilgan edi. 
    Shundan so'ng, mazkur kompaniya vakillari Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, urug'chilikni rivojlantirishda  hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

    Aniqroq aytganda, xususiy urug'chilik kompaniyasi kartoshkaning dunyoga mashxur "Santa", "Picasso", "Novaki", "Chubek" va "Summi"  kabi navlari mikro-tuganaklarini Respublikamizga litsenziya asosida olib kirib, in-vitro usulida ko'paytirish taklifini ilgari surdi. Buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, issiqxonalarni tashkil etish bo'yicha grant loyihalar amalga oshirilishi ta'kidlandi.

  "GSBIO" kompaniyasi 2008-yildan buyon kartoshka urug'chiligi yo'nalishida faoliyat ko'rsatadi.