Milliy markaz an’anasiga ko‘ra haftaning seshanba kuni “Doktorantlar kuni” ekanligini kanalimizning doimiy kuzatuvchilari yaxshi biladi.

15:07 / 13.02.2024
#
#
#
#
#
#

Milliy markaz an’anasiga ko‘ra haftaning seshanba kuni “Doktorantlar kuni” ekanligini kanalimizning doimiy kuzatuvchilari yaxshi biladi. 

   An’anaga muvofiq bugun ham Milliy markazda bir guruh doktorantlar jam bo‘lgan.Bugungi seminar-treningda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari o‘zlarining ilmiy-tadqiqotlarida olingan dastlabki natijalar xususida ekspertlarga ma’lumot beradi.
   Ayni daqiqalarda esa doktorant Saodat Qarshiyeva o‘zining “Kotovnik, mayoran va melissa ekinlarining xo‘jalik muhim belgilari bo‘yicha baholash va O‘zbekiston sharoitiga introduksiya qilish” mavzusidagi tadqiqoti xususida ma’lumot bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, tadqiqot ob’yektlari kam uchraydigan ko‘kat-sabzavotlar hisoblanadi. 
   Albatta ekspertlar qarshisida taqdimot qilish doktorantga oson emas. Doktorant Saodat Qarshiyeva murakkab savollarga batafsil javob bermoqda.

Doktorantga ekspertlar tomonidan tadqiqotdagi kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi