Kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi

05:00 / 29.01.2024
#
#

     Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriya Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti professori Polgar Jolt boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.  (https://telegra.ph/Kartoshka-urugchiligini-rivojlantirish-istiqbollari-korib-chiqildi-01-28)

    Uchrashuvda yurtimizda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, sohaga Vengriya tajribasini joriy etish orqali mamlakatimizning barcha hududlaridagi dehqon va fermerlarni sifatli kartoshka urug‘lari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 

    Professor Polgar Jolt yurtimizning kartoshka nisbatan ko‘p yetishtiriladigan Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari femer va dehqon xo‘jaliklari bilan hamohanglikda sifatli kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish yuzasidan o‘z takliflarini o‘rtaga tashladi. 

    Vazir Ibrohim Abdurahmonov aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda agrar sohada  tomonlar uchun bu kabi manfaatli bo‘lgan hamkorlik nafaqat kartoshkachilikda, balki agrar sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishda ham muhim ekanini qayd etdi.